BABBITLAR — qalayi, qo’rg’oshin, rux yoki alyuminiyga surma, mis, kadmiy, mishyak va boshqa metallar qo’shib tayyorlanadigan qotishmalar. Qalayli qotishmani birinchi marta (1839) tayyorlagan Amerika muhandisi I. Babbit (1799— 1862) sharafiga shunday atalgan. Ishqalanish koeffitsienti kichik, ya’ni ishqalanganda uncha yoyilmaydi. Mashinalarning ishqalanuvchi detallari hamda elektr dvigatellar, turbinalar, kompressorlar, nasoslar, generatorlar va stanoklarning podshipniklarini tayyorlash uchun ishlatiladi. Detallar yoki podshipniklarning qayerda ishlatilishiga qarab, Babbitlarning turli xillari qo’llaniladi. Masalan: yuqori temperaturali sharoitda ishlovchi podshipniklar uchun qo’rg’oshinli Babbitlar ishlatiladi va hokazo.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish