Babbitlar




Babbitlar — qalayi, qo‘rg‘oshin, pyx yoki alyuminiyga surma, mis, kadmiy, mishyak va b. metallar qo‘shib tayyorlanadigan qotishmalar. Qalayli qotishmani birinchi marta (1839) tayyorlagan amerika muhandisi I. Babbit (1799— 1862) sharafiga shunday atalgan. Ishqalanish koeffitsienti kichik, ya’ni ishqalanganda uncha yoyilmaydi. Mashinalarning ishqalanuvchi detallari hamda elektr dvigatellar, turbinalar, kompressorlar, nasoslar, generatorlar va stanoklarning podshipniklarini tayyorlash uchun ishlatiladi. Detallar yoki podshipniklarning qaerda ishlatilishiga qarab, B.ning turli xillari qo‘llaniladi. Mas: yuqori temperaturali sharoitda ishlovchi podshipniklar uchun qo‘rg‘oshinli B. ishlatiladi va h.k.

Manba



O'zME
Wikipedia
qalayi, qo‘rg‘oshin, pyx yoki alyuminiyga surma, mis, kadmiy, mishyak va b. metallar qo‘shib tayyorlanadigan qotishmalar


TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz