Babaji xotin maqbarasi




Babaji xotin maqbarasi - Qozog‘iston (Taroz sh. yaqinida)dagi me’moriy yodgorlik (10 — 11-a.lar). Maqbara murabba tarhli (tashqarisi 6,80x6,80 m, ichkarisi 4,5x4,5 m). Old va ikki yon tarzlariga bir xilda chuqur ravoqli eshiklar, yoniga kichik yassi ravoqlar, tepasiga turunjlar ishlanib, atrofi hoshiyalar b-n chegaralangan. Bosh tarzidagi islimiy naqsh va kitobasida yozuvi saqlangan. Poygumbazi (1 m ga yaqin) 16 qirrali, usti kulohiy gumbaz b-n qoplangan (gumbazi qulab tushgan). Bino devorining quyi qismiga zilzila ko‘zda tutilib, yog‘och ishlatilgan. B. x. m. o‘rta asr me’morligining nodir namunalaridan.

Manba



O'zME
ruh.kz
Qozog‘iston dagi me’moriy yodgorlik


TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz