Baal-Shem-Tov, Besht




Baal-Shem-Tov, Besht - (ibr. «Yaratganning sirli
nomini biluvchi Solih inson») - Isroil ben Elizar
1698 yil 27 avgustda Okope (Ukraina)da tavallud topgan.
Yahudiylikdagi hasidiylik harakatining asoschisi. Besht
kambag‘al oilada dunyoga kelgan. Hasidiylar ta’limotiga
ko‘ra, uning otasi Elizarning oldiga yo‘lovchi ko‘rinishida
paygambar Ilya kelib, o‘g‘il ko‘rishi haqida bashorat beradi.
Elizar vafoti oldidan o‘g‘liga nasihat qilib: “Faqatgina
Yaratgandan qo‘rqishga, boshqa hech kimdan qo‘rqmaslik”ni
aytadi. 1710 yilda xederni tamomlagach, melamed (ustoz)ga
shogirdlikka tushadi. Isroil 1716 yilda uylanadi, biroq,
ko‘p o‘tmasdan ajrashadi va Sharqiy Galitsiyadagi yahudiy
manzillariga sayohatlar uyushtiradi. Yazlovsda xederada
melamed lavozimiga ega bo‘ladi. Isroil bir vaqtning
o‘zida turli hudud va qishloqlarda shoyxet vazifasini ham
bajargan.
U 1727 yilda ikkinchi bor rabbi Efraimning qiziga
uylanadi. 1734 yilga kelib Baal Shem Tov mashhur bo‘lib,
sadik (taqvodor, pokdomon kishi) va donishmand sifatida
tanila boshlandi. U o‘z ta’limotini ommaviy va’zlar orqali
emas, balki, o‘z shogirdlariga yetkazish orqali bo‘lganini ko‘rish mumkin. 1740 yilda u faoliyatining asosiy qismi
kechgan Medjibojga ko‘chib o‘tadi. Sekin asta, Medjiboj
hasidiylikning markaziga aylanib bordi. Isroil 1760
yil 22 mayda Medjiboj (Ukraina)da vafot etgan. U o‘limi
oldidan bir eshikdan chiqib, ikkinchisiga kirayotganini
ta’kidlagan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz