Ba Dun
Ba Dun (1995-yil 16-sentyabrda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasi klubi Tianjin Jinmen Tigerda oʻynaydi. Xitoy terma jamoasi sharafini xalqaro maydonda himoya qiladi.
Klubdagi faoliyati
Ba Dun professional futbolchilik faoliyatini 2014-yilda Xitoy Superligasi vakili Pekin Guoanning asosiy jamoasiga koʻtarilgandan soʻng boshlagan. U 2015-yil iyul oyida Xitoyning ikkinchi liga jamoasi "Meizhou Hakka " jamoasiga yarim mavsum uchun ijaraga berilgan. Meizhou Hakka 2016-yilning yanvarida Xitoy ligasi 1ga koʻtarilgach, ijara shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirgan. U 2016-yilgi mavsumda jarohat tufayli atigi beshta oʻyinda maydonga tushgan.
Ba 2017-yilgi mavsumda Pekin Guoanning asosiy jamoasiga qaytgan. U bosh murabbiy Jose Gonzalez klub tomonidan ishdan boʻshatilgandan soʻng yangi murabbiy Tang Shidan tomonidan asosiy tarkibga chaqirilgan. 2017-yil 18-iyun kuni u Superligadagi debyutini oʻz uyida "Tianjin TEDA "ga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazib, 60-daqiqada Renato Augustoning goliga assistentlik qilgan. U Pekin Guoan uchun birinchi golini 2017-yil 5-avgust kuni „Shandon Luneng Taishan“ga qarshi kechgan bahsda (2:2) kiritgan. 2017-yilgi mavsum yakunida u Xitoy Superligasida 17 ta oʻyinda maydonga tushib va bir marta gol urgan.
2022-yil 22-yanvarda Ba Xitoy Superligasi klubi „Tianjin Jinmen Tiger“ga oʻtgan.
Xalqaro faoliyati
2021-yilning 16-noyabrida Ba 2022-yilgi Jahon chempionati saralashida Avstraliyaga qarshi oʻyinda (1:1) xalqaro maydondagi debyutini oʻtkazgan.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org