AZULENLAR – [bitsiklo (5.3.0) dekapentanlar], o’zaro kondensiyalangan 5 va 7 halqadan iborat bekzoid Aromatik birikmalar. Eng sodda vakili azulendir (I). Azulen ko’k rangli plastinka holidagi modda. Suyuqlanish temperaturasi 98,5—99°, qaynash temperaturasi 170% kontsentrlangan mineral kislotalarda yaxshi eriydi. Azulenlar halqalarning nosimmetrikligi sababli bipolyardir (II). Ayrim Azulenlar efir moylari tarkibida uchraydi. Tibbiyotda tish tozalovchi vositalar tayyorlashda va atir-upa ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish