AZOTLI IPRIT — organik birikma, rangsiz suyuqlik. Suvda yomon, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Azotli iprit iprit (dixlordietilsulfid)dan tarkibidagi oltingugurt o’rniga kiritilgan azot bilan farq qiladi. Ularning kimyoviy xossalari molekulasi tarkibida uchlamchi azot atomi va galogen atomi bo’lishiga bog’liq. Azotli iprit mineral kislotalar ta’sirida suvda eriydigan, pikrin kislota ta’sirida esa suvda kam eriydigan tuz hosil qiladi. U me’da-ichak, nafas yo’llarini kuchli zaharlash va terini yaralantirish xususiyatiga ega. Bunday moddalar hujayra bo’linishini susaytirgani uchun ko’pchiligi (embixin, novembixin va boshqalar) tibbiyotda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish