AZOT FTORIDLARI



AZOT FTORIDLARI — rangsiz, uziga xos hidli gazlar. Ularga azot triftorid (NF3), tetraftorgidrazin (N2F4), diftoramin (NF2H), diftordiazin (N2F2), nitrozil ftorid (FNO), nitril ftorid (FNO2), triftoraminoksid (NOF3), xlordiftoramin (NC1F2), ftoramin (NH2F), dixloftoramin (NC12F) va boshqalar kiradi. Ba’zan ftorazid (N3F) va nitroksiftorid (No3lar ham Azot ftoridlariga kiritiladi. Azot ftoridlari — kuchli oksidlovchilardir. Azot triftorid va nitrozil ftoriddan boshqalari termodinamik jihatdan beqaror. Azot ftoridlari organik moddalar sintez qilishda, tetraftorgidrazin esa suyuq yonilg’i bilan ishlaydigan raketalarda yonilg’ini oksidlovchi vosita sifatida qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz