AZIZXO’JAEV



AZIZXO’JAEV Akmal Abduazimovich (1936.8.11, Toshkent) — futbolchi, sport ustasi (1966), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sport ustozi (1992). 1954 yildan “Spartak” futbol jamoasida o’ynagan. “Paxtakor” jamoasi sardori va himoyachisi (1960-65 yillar). Buxoroning “Fakel” (1966) hamda Nukusning “Amudaryo” (1983) jamoalarida bosh murabbiy. 1996 yildan respublika oliy futbol maktabining direktori. Uning murabbiyligidagi O’zbekiston o’smirlar futbol terma jamoasi Osiyo chempionati musobaqalarida ishtirok etib (1994) O’rta Osiyo respublikalari orasida g’olib chiqqan va final uchrashuvlarda qatnashgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz