AZIZOVA
AZIZOVA Mukarrama (1913.23.5— Namangan — 1964.23.5) — O’zbekiston xalq artisti (1955). Moskvada o’zbek drama studiyasida o’qigan (1927-28). 1928-31 va 1960-62 yillarda Andijon teatrida, 1931 yildan Namangan teatrida aktrisa va rejissyor. Dramatik va musiqali spektakllarda, asosan, liriko-dramatik rollarni ijro etgan. Eng yaxshi rollari: Shirin (Xurshid, “Farhod va Shirin”), Jamila (Hamza, “Boy ila xizmatchi”), Nurxon (K. Yashin, T. Jalilov, “Nurxon”), Gulsara (K. Yashin, “Gulsara”), Hafiza (A. Qahhor, “Shohi so’zana”), Sanobar (B. Rahmonov, “Yurak sirlari”) va boshqalar. Rejissyor sifatida “Farhod va Shirin” (Xurshid, 1934, 1936), “Arshin mol olon” (U. Hojibekov, 1939) kabi asarlarni sahnalashtirgan. Azizova o’zbek, tojik, uyg’ur xalq qo’shiqlarini mohirona ijro etgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz