AZIMUT
AZIMUT (Arabcha — yo’l, yo’nalish) (osmon yoritqichi yerdagi biror narsa va shu kabi azimuti) — kuzatish joyining meridian tekisligi bilan kuzatilayotgan ob’yektdan o’tgan vertikal (tik) tekislik orasidagi burchak. Agar tik tekislik shoqul chizig’i (tik chiziq) orqali kuzatish nuqtasidan o’tsa, Azimut haqiqiy yoki astronomik Azimut deyiladi. Geodezik (referents — ellipsoida normaldan o’tgan) va magnit Azimut ham mavjud. Azimut astronomiyada ufqning Janubiy nuqtasidan g’arbga tomon, geodeziyada ufqning shimoliy nuqtasidan sharqqa tomon ufq yoyi bilan o’lchanadi (0°< a<360°).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz