AZIMOVA



AZIMOVA Xosiyat (1919.25.7, Jizzax) — aktrisa. O’zbekiston xalq artisti (1981). Ijodiy faoliyatini “Ko’k ko’ylak” to’garagida boshlagan (1932). 1937 yildan Kattaqo’rg’on shahri teatrida, 1966 yildan Jizzax teatrida aktrisa. Eng yaxshi rollari: Halima (“Halima”), Nigor (“G’unchalar”), Jamila, Rahima xola (“Boy ila xizmatchi”), Oyxon, Maysara (“Maysaraning ishi”), Ruzvon (“Yurak sirlari”), Jannat (“Qaynona”), Huriniso (“Oltin devor”) va boshqalar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz