AZIM SUYUN



AZIM SUYUN (taxallusi; asl ismi Suyunov Azim Alimovich) (1948.22.2, Samarqand viloyati Nakurt qishlog’i) — shoir. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1997). ToshDU jurnalistika fakultetini tamomlagan (1977). G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir (1973— 86), O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi boshqaruvida mas’ul kotib (1987-90), “Xalq so’zi” gazetasida bo’lim muharriri (1990-93), “O’zbekiston ovozi” va “Golos O’zbekistona” gazetalari bosh muharriri (1993 y.dan). Bir necha she’riy kitoblari nashr etilgan. “Sarbadorlar” (1981) dramatik dostonida tarixiy voqealar orqali xalqning erk sari intilishi tasvirlangan. Azim Suyun she’riyatni xalq ohanglari, tabiatning nafis tasviri, badiiy ijod an’analarini yangicha shakl va mazmun bilan boyitdi. Asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1994-99).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz