AZENKUR JANGI
AZENKUR JANGI – Kale shahri (Frantsiya)dan taxminan 60 kilometr janubda joylashgan qishloqda bo’lgan jang. Yuz yillik urush davrida 1415 yil 25 oktabrda Azenkur yaqinida ingliz qiroli Genrix V qo’shini (8 ming kamonchi va 1 ming piyoda risarlar) frantsuz armiyasi (4-6 ming askar, asosan piyoda og’ir qurollangan risarlar, shuningdek arbaletchilgr) ustidan g’alaba qozongan. Jang taqdirini harakatchan ingliz kamonchilari qo’shinining ustunligi hal qilgan. Ingliz qo’shinlari Frantsiyaning shimolini, jumladan Parijni egallashgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz