AZANDE, banda — Markaziy Afrikadagi yassi tog’lik. Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo demokratik Respublikasi va Sudan hududlarida, Kongo daryosi, Chad ko’li va Nil daryosi havzalari oralig’idagi suvayirg’ich. Tokembriy davriga oid kristalli va metamorfik tog’jinslaridan tuzilgan. O’rtacha balandligi 600-900 metr (eng baland joyi g’arbida — 1388 metr). Bo’liq o’tlar o’sadi, ondasonda barg to’kuvchi o’rmonlar uchraydi, daryo sohillari doim yashil o’rmonlar bilan qoplangan. Oltin va olmos konlari bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish