A’ZAMOV GEORGIY TOJIYEVICH (1954.6.9, Olmaliq shahri- 1986.27.8, Sevastopol shahri yaqinida) — shaxmatchi. Birinchi o’zbek xalqaro grossmeysteri (1984). Sobiq Ittifoq chempionatlari ishtirokchisi (1981, 1983, 1985), ikki karra O’zbekiston chempioni (1976, 1982), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fizkultura va sport xodimi (1984). Jahon birinchiligi mintaqaviy turniri (Yerevan, 1982) da 7-8-o’rinlarni egallagan. Ko’plab nufuzli xalqaro turnirlarda ishtirok etgan. O’zbekistonda A’zamov xotirasiga bag’ishlab an’anaviy turnir o’tkazib turiladi. Ad.: Muhiddinov M., A’zamovlar sulolasi, T., 1984.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish