Aʼzamjon Xoliqov




Aʼzamjon Abdusalomovich Xoliqov (1958-yil 10-mart, Jarqoʻrgʻon tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2018), professor (2018).

Biografiyasi



Aʼzamjon Xoliqov 1958-yil 10-mart Jarqoʻrgʻon tumanida ziyoli oilasida tugʻilgan. 1965—1975-yillarda ushbu tumandagi 29-maktabda oʻqigan. 1975—1977-yillarda ishlab chiqarish sohasida ishlagan. 1977—1979-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. 1979—1984-yillarda Termiz davlat pedagogika institutini rus tili va adabiyoti mutaxasisiligi boʻyicha tugatgan. 1989—1991-yillarda Termiz davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi, 1994—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqtot instituti katta ilmiy xodimi, 1997—2000-yillarda institutning „Pedagogika nazariyasi va tarixi“ boʻlimi boshligʻi, 2003—2005-yilarda Toshkent davlat pedagogika universiteti „Umumiy pedagogika“ kafedrasi laboranti, oʻqituvchisi, 2005—2014-yillarda „Umumiy pedagogika“ kafedrasi dotsenti, 2014—2017-yillarda „Boshlangʻich taʼlim metodikasi“ kafedrasi dotsenti vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2017-yildan „Boshlangʻich taʼlim metodikasi“ kafedrasi mudiri.

Oilasi



Oilali. Uch nafar farzandi bor.

Ilmiy faoliyati



Aʼzamjon Xoliqov 1991—1994-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranturasida, 2000—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqtot instituti doktoranturasida tahsil olgan. 1994-yilda „Gumanitar oʻquv fanlarini oʻrganishda ideallashtirish uslubidan foydalanish“ mavzusida nomzodlik, 2018-yilda „Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasii himoya qilgan. 1994-yilda pedagogika fanlari nomzodi, 2018-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini, 2018-yilda professor ilmiy unvonini olgan. Olim 5 ta darslik, 20 ta oʻquv metodik qoʻllanma, 60 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz