AYUPOV ABDULLA TOLIPOVICH



AYUPOV ABDULLA TOLIPOVICH (1923.10.1, Toshkent) — faylasuf olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980), professor (1983). 1941-45-yillardagi urush qatnashchisi. O’rta Osiyo davlat universiteti tarix fakultetini tugatgan (1949). Universitetda o’qituvchi (1952— 55), dotsent (1955 yildan). ToshDU (hozirgi O’zMU) gumanitar fakultetlar falsafa kafedrasining mudiri (1962-92), kafedra professor (1992 yildan). Ayupov ToshDU falsafa bo’limi, keyin fakultetini tashkil etishda boshchilik qilgan. Ilmiy asarlari falsafa tarixi, barkamol insonni tarbiyalash, ma’naviyatni shakllantirish masalalariga oid. Falsafa fani bo’yicha darslik, o’quv qo’llanma va dasturlari nashr etilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz