AYRIBOBO CHO’QQISI



AYRIBOBO CHO’QQISI – O’zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatidagi Ko’hitangtov tizmasining suvayirg’ich qismidagi cho’qqi. O’zbekiston bilan Turkmaniston chegarasida. Balandligi 3139 metr. Ayirbobo cho’qqisi Ko’hitangtovning eng baland joyi. Ayirbobo cho’qqisining aksari qismini nurashga chidamli argillit va alevrolitlar hamda qumtoshlar tashkil etgan. Cho’qqi nayzasimon shaklda. Ayirbobo cho’qqisi Ko’hitangtov-Surxon qo’riqxonasi hududiga kiritilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz