AYOZ
AYOZ — turkiy xalqlar topishmoqli ertaklarida an’anaviy qahramon. Dono va tadbirkor. Oddiy xalq himoyachisi, sezgir va so’zamol, kishilar qalbiga yo’l topa biladigan kishi. Har bir so’zi, harakat va holati ta’limiy-didaktik ahamiyatga ega. “Ayoz, ko’rgan kuningni unutma, xom chorig’ingni quritma” mazmunidagi maqollar Ayoz haqidagi ertak va rivoyatlar ta’siri natijasida yuzaga kelgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz