AYOLLAR KONSULTATSIYASI



AYOLLAR KONSULTATSIYASI – ayollar kasalliklarining oldini olish va davolash muassasasi. Unda ayollarga, ayniqsa, homiladorlikda, “chilla” davrida va turli ginekologik kasalliklarda malakali yordam ko’rsatiladi hamda tegishli maslahatlar beriladi. Ayollar konsultatsiyasining asosiy vazifasi homiladorlarni muntazam kuzatib borish, homiladorlikda uchraydigan turli toksikoz kasalliklarining oldini olish va davolash, chala va ulik tug’ishning oldini olish, homiladorlarni tug’ishga psixoprofilaktik yo’l bilan tayyorlash kabilardir. Ayollar konsultatsiyasi ayollar o’rtasida sanitariya maorifi ishlarini ham olib boradi. Ayollar konsultatsiyasida akusherginekolog, terapevt, stomatolog, venerolog, yurist va boshqa mutaxassislar xizmat qiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz