AYNIGAN YARIMO’TKAZGICH



AYNIGAN YARIMO’TKAZGICH – tok o’tkazishda qatnashuvchi elektronlar yoki “teshiklar” kontsentrasiyasi yetarli darajada yuqori (1018-1020 santimetr kub) bo’lgan yarimo’tkazgich. Bunda elektronlar yoki “teshiklar” gazi aynish holatida bo’ladi (nomi shundan). Fermi sathi yo’l qo’yilgan energiyalar zonasida yotadi va elektron (“teshik”) gaz Fermi statistikasita bo’ysunadi. Aynigan yarimo’tkazgichlardan, masalan, diodlar va boshqa bir qancha yarimo’tkazgich asboblar ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz