AYN JOLUT — Falastindagi tarixiy qishloq; mo’g’ullar va Misr mamluklari qo’shini o’rtasida jang bo’lgan (1260.3.9). Hulokuxonnning asosiy qo’shinlari Eronga chekingach, mamluklar Amir Kutuz boshchiligida son jihatdan ustun bo’lganlari va buning ustiga salibchilardan ko’mak olganlari tufayli mo’g’ullarning qutbug’o boshchiligidagi qo’shini ustidan zafar qozonishgan. Ayn Jolitdagi jangdan so’ng Suriya mamluklar ixtiyoriga o’tgan, mo’g’ullarning yaqin Sharqdagi harbiy harakatlari to’xtatilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish