AYIQO’T



AYIQO’T (Tithymalus rapulum) — sutlamadoshlar oilasiga mansub tuganakli ko’p yillik o’simlik. Bo’yi 8-25 santimetr. Poyasi yakka, tsilindrsimon. Barglari mayda, yassi. Mevasi (ko’sagi)ning uzunligi 4-5 millimetr, shakli tuxumsimon. Martda gullab, iyunda meva beradi. Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi adir va tog’zonalarida o’sadi. Ayiqo’tning tuganaklarida 5% gacha smola va 0,5—0,6% kauchuk bo’lib, smola tarkibida uchuvchan zaharli modda bor. Ayiqo’tning quritib maydalangan yer osti qismi (tuganagi) xalq tabobatida sil kasalligini davolashda, shuningdek, surgi sifatida ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz