AYERENXIMA (Aero… va Yunoncha enchima — quyilgan, bu uerda to’qima) — o’simliklarning nafas olish funktsiyasini bajaradigan havo saqlovchi to’qimasi. Ayerenxima ancha keng hujayralar oralig’i va har xil shakldagi hujayralardan tashkil topgan parenxima hisoblanadi. Ba’zan Ayerenxima tarkibiga mexaniq ayiruvchi va boshqa xil hujayralar ham kiradi. Ayerenxima gaz almashinuvi va ichki to’qimalarning kislorod bilan ta’minlanishi qiyinlashadigan muhitda o’sadigan suv va botqoq o’simliklari (sholi, kurmak, qamish, qiyoq) da rivojlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish