AYB E’LON QILISH



AYB E’LON QILISH – aybdor sifatida javobgarlikka tortish haqidagi qarorni ayblanuvchiga e’lon qilish. Muayyan shaxs tomonidan qilingan jinoyat haqida etarli dalil (asos) to’plangandan so’ng O’zbekiston Respublikas JPKning 46; 98-100 – va 110-moddalariga binoan qaror chiqarilib, unda ayblanuvchiga qo’yilayotgan ayb aniq ko’rsatiladi. Ushbu qaror bilan tanishuv paytida ayblanuvchi o’zining qanday jinoyat qilishda ayblanayotganini aniq bilib oladi va tushuntirish beradi. Ayb e’lon qiluvchi shaxs ayblanuvchiga ayb hamda qo’llanilayotgan qonun mazmunini uning o’zini himoya qilish uchun zarur prosessual huquqlarini tushuntirib berishi shart. Ayblanuvchi mazkur qaror bilan tanishganligi uchun imzo chekadi. So’ngra e’lon qilingan aybning barcha bandlari bo’yicha qayta boshdan so’roq qilinib, o’z aybiga iqrormi, yo’qmi ekanligi aniqlanadi. Tergov tugagunga qadar ayblanuvchining asosli qo’shimcha iltimoslari bajariladi, vajlar tekshirib ko’riladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz