AYAG’UZ



AYAG’UZ — Qozog’iston Respublikasi Sharqiy Qozog’iston viloyatidagi shahar (1939 yildan). Ayag’uz daryosi bo’yida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 41,8 ming kishi (1999). Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat tarmoqlari (go’sht kombinati, jun gazlama to’quv fabrikasi) va transportga xizmat qiluvchi korxonalar (avtomobil tuzatish zavodi, teplovoz va vagon depolari), temir-beton buyumlari zavodi bor. Ayag’uz 1931 yilda Turksib temir yo’l qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz