AXVIRPAT
AXVIRPAT — Sug’dda 5 — 8- asrlarda mavjud bo’lgan ijtimoiy atama. Hokimlarning sayisxona (otxona)si nozirini anglatgan. Ma’lum vaqtlarda Axvirpatlar siyosiy hayotda ham faol ishtirok etganlar. Masalan, Sug’dning bir qismi — Qashqadaryo vohasida 7 – asrga oid “axvirpat” so’zi yozilgan tangalar ham zarb qilingan. Axvirpat atamasi o’rta asrlardagi miroxo’r atamasi bilan almashgan. Mug’qal’a hujjatlarida Axvirpatga 50 draxma miqdorida maosh belgilanganligi qayd etilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz