AXTALASH, BICHISH — urg’ochi va erkak hayvonlarning jinsiy bezlarini olib tashlash, ularni bepusht qilish yoki jinsiy faoliyatini to’xtatish maqsadlarida erkak hayvonlarning urug’ tizimchasini uzish. Hayvonlar xo’jalik hamda davolash maqsadlarida axtalanadi. Axtalangan hayvon yuvosh bo’lib qoladi, tez semiradi, go’shti sifati yaxshilanadi, qo’ylar ko’p jun beradi. Axtalash operatsiyasi ochiq usulda — moyak xaltachasini batamom yorib, yopiq usulda — xaltachani to’liq yormasdan turib moyaklarni olish, qonsiz usulda— moyaklarni qoldirib, urug’ yo’lini uzish va qonli usulda — xaltachani butunlay kesib tashlash yo’llari bilan o’tkaziladi. Odatda, ayg’irlar 2 — 3 yoshda, buqachalar 3 — 6 oyligida, tuyalar 2,5 — 3 yoshda, qo’chqorlar 2 — 4 oyligida axtalanadi. Cho’chqa, quyon, tovuq, sigir, biyalar ham axtalanadi. Erkak hayvonlarni Axtalash orxiektomiya, urg’ochilarini Axtalash ovariektomiya deyiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish