AXTA, ULGI



AXTA, ULGI — naqsh yoki rasmni qog’ozga chizib, chiziq yo’llari igna bilan teshib tayyorlangan andaza; shuningdek andazadagi naqshni bezatiladigan buyum, sirtga o’tkazish usuli. Xalq amaliy bezak san’atining kashtachilik, yog’och va ganch o’ymakorligi, naqqoshlik va boshqa turlarida keng qo’llaniladi. Bezatiladigan yuzaga Axta qo’yilib ustidan pista kumir kukuni surilsa, rasm asosga tushib qoladi. Axta simmetrik takrorlanuvchi taqsimpn naqshlar shaklini ko’chirish uchun juda qulay.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz