AXMETOV ILGIZAR ZALYALOVICH



AXMETOV ILGIZAR ZALYALOVICH (1929.1.1, Tatariston Respublikasi Kukmora tumani Oluyaz qishlog’i) — biolog, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), biol. fanlari Doktori (1985), professor (1990). O’zDUni bitirgan (1956). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi qishloq xo’jaligi (1956-58), O’zbekiston chorvachilik (1958-67), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Zoologiya va parazitologiya ilmiy tadqiqot institutlarida ilmiy xodim (1956-87), Guliston davlat universiteti umumiy biologiya kafedrasi mudiri (1987-99), 1999 yildan kafedra professor. Oldin qoramollar fiziologiyasi va biokimyoviy xususiyatlarini o’rganish asosida ular mahsuldorligini oshirish, keyinchalik O’rta Osiyo yovvoyi kemiruvchi hayvonlarining ekologik, fiziologik, morfologik xususiyatlari ustida tadqiqot ishlari olib borgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz