AXEN
AXEN — Germaniyadagi shahar, shimoliy Reyn-Vestfaliya yerida. Aholisi 244 ming kishi (1992). Ko’mir havzasi markazi. Balneologik kurort shahri. Texnika universiteti bor. Rimliklarning shifo maskanlari atrofida joylashgan Akve Grani turar joyi sifatida 1-asrdan ma’lum. 8 — 9-asrlarda Buyuk Karl qarorgohi bo’lgan. O’rta asrlarda Axen imperiya shahri statusini olgan. Me’moriy yodgorliklardan Buyuk Karl “Pfals”i (qarorgohi) qoldiqlari, gotika uslubidagi ratusha saqlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz