AXBOROT MASHINASI



AXBOROT MASHINASI – katta hajmli axborotlardagi ma’lumotlarni saqlash, ularga ishlov berish, ularni izlash jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan raqamli hisoblash mashinasi. Axborot mashinasi axborotni avtomatik tarzda tasniflaydi va uni ma’lum xotira qurilmasiga kiritadi yoki axborotni izlash jarayonini tezlashtirish uchun belgilar bilan ta’minlaydi. Axborot mashinasi katta hajmdagi xotira qurilmasi borligi bilan; ma’lumotlarni kiritish va chiqarish uchun mo’ljallangan qurilmalar to’plami mavjudligi bilan; axborotlar manbai va iste’molchilarga masofadan turib avtomatik bog’lanish mumkinligi bilan; axborotlarni saralash va ularga ishlov berish kurilmasi va boshqa borligi bilan farqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz