AVUARLAR



AVUARLAR (Fransuzcha avoir — mulk) — 1) bankning to’lovlar to’lanadigan va majburiyatlar qoplanadigan mablag’lari (chek, veksel, pul o’tkazmalari, akkreditivlar, qimmatbaho qog’ozlar, oltin, chet el valyutasidagi pul vositalari); 2) banklarning xorijiy mamlakat banklarida saqlanayotgan chet el valyutasidagi mablag’lari. Bunday mablag’lar odatda xorijiy Avuarlar deb ataladi va mablag’ joylashtirilgan mamlakat yurisdiktsiyasiga bo’ysunadi; 3) xususiy shaxs va tashkilotlarning banklardagi omonatlari.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz