AVTOSHTURMAN



AVTOSHTURMAN — mustaqil Aeronavigatsiya qurilmasi. Avtoshturman samolyot yo’lini xaritaga chizib boradi. Samolyotning uchish yo’nalishini maxsus tizimli distantsion kompas ko’rsatib turadi. Samolyotning havoga nisbatan tezligi haqiqiy havo ko’rsatkichidan qayd qiluvchi moslamaga uzatiladi. Shamolning yo’nalishi va tezligiga oid tuzatma kiritilsa, Avtoshturman samolyotning yo’lini yerga nisbatan, tuzatma kiritilmasa, havoga nisbatan qayd qilib boradi yoki ko’rsatadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz