AVTOMOBIL KRAN
AVTOMOBIL KRAN, avtokran – avtomobil shassisiga o’rnatiladigan yuk ortish-tushirish mashinasi. Ish organi burilma strela (quloch)dan iborat. Qurilish-montaj, donali yuklarni ortish-tushirish ishlarida qo’llaniladi. Ish organi elektr va suyuqlik kuchidan yoki avtomobil dvigatelidan harakatlantiriladi. Avtomobil kran 15 tonnagacha yukni ko’tara oladi, strelasining qulochi 2 — 12 metr, yukni 20 metrgacha yuqoriga ko’taradi. Avtomobil kranning turg’un bo’lishini ta’minlovchi qo’shimcha tiraklari (autrigerlari) bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz