AVSTRALIYA MERINOSI
AVSTRALIYA MERINOSI – mayin junli qo’y zoti. 18-asrda Avstraliyada olingan. Avstraliya merinosi qo’chqorlarining o’rtacha vazni 60-70 kilogramm, sovliqdariniki 35— 40 kilogramm, qo’chqorlaridan 5,5—6,5 kilogramm, sovliqlaridan 4-5 kilogramm jun qirqib olinadi. 50-60% toza jun chiqadi. Jun tolasining uzunligi — 7,5 santimetr (ayrim tiplarida 10 santimetrgacha), ingichka, yaltiroq, undan mayin mato to’qiladi. Ko’p mamlakatlarda Avstraliya merinosidan qo’y zotlarini yaxshilashda foydalaniladi. O’zbekistonda boqiladigan groznen qo’y zoti Avstraliya merinosi bilan chatishtirishdan olingan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz