AVSTRALIYA –ANTARKTIDA KO’TARILMASI



AVSTRALIYA –ANTARKTIDA KO’TARILMASI — Hind okeani Janubiy – sharqidagi suv osti ko’tarilmasi, okean o’rta tizmalaridan biri. Markaziy Hind tizmasi Janubiy qismini Janubiy Tinch okean ko’tarilmasi bilan birlashtiradi. Uzunligi qariyb 6500 kilometr, eni 800 kilometrgacha, eng baland joyida dengizning chuqurligi 1689 metr. Yuzasi aksari alevritgilli balchiq bilan qoplangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz