AVRORA



AVRORA (Aurora) — qadimgi Rim afsonalarida tong yog’dusi ma’budasi. Yunon afsonalarida EOS nomi bilan yuritiladi. Rivoyatlarga ko’ra, Avrora xudolarga va insonlarga kunduzi nur taratib turadi. Avrora tasviriy san’at asarlarida otlar qo’shilgan g’ildirakli aravaga tushgan holda okeandan chiqib kelayotgan yosh, ikki qanotli ayol siymosida gavdalantirilgan. Antik zamonlarda yashagan shoirlar Avroraga atab qasidalar va boshqa janrlarda asarlar yozishgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz