AVRANGBARDOR (forscha — taxt ko’taruvchi) — O’rta asrlarda Xuroson va Movarounnahrda xon, amirlarning xizmatkorlaridan biri; harbiy yurish paytida xon yoki Amir yonida yuradigan kishi. Avrangbardorning vazifasi taxtiravon (ko’chma taxt) ni olib yurishdan iborat bo’lgan. Avrangbar lavozimi 18-asrdagi tarixiy manbalarda, xususan “Majma’al-arqom”da ham eslatib o’tilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish