AVLOS



AVLOS (Yunoncha avlos) — yunon puflama sozi. Rimda (tibiya nomida) va O’rta dengiz havzasi mamlakatlarida tarqalgan, tsilindrsimon shakldagi 3-4 teshikli ikkita (qo’sh) naychadan iborat bo’lgan. Keyinchalik teshikchalari 15 taga yetgan, ba’zilari suriluvchan halqa bilan bekitilgan. Turli uzunlik va sozda yasalgan. Umumiy diapazoni taxminan birinchi oktava “re”dan — uchinchi oktava “re”gacha. Yakkanavoz ijrochilik (avletika)da sozanda (Avlet) bir vaqtda ikki Avlosdan foydalangan. Antik fojiada, qurbonlik marosimi, harbiy musiqa (Sparga) da ishlatilgan. Avlos jo’rnavozligidagi xonandalik avlodiya deb atalgan. O’zbek sozlaridan qo’shnayga o’xshab ketadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz