AVITELLINOZLAR (Avitellinoses) — Avitellina urug’iga mansub tasmasimon chuvalchanglar keltirib chiqaradigan kasalliklar guruhi. Avitellinozlar qo’ylar (ayniqsa qo’zilar) va tuyalar orasida uchraydi. O’rta Osiyoda, jumladan O’zbekistonning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida, Qoraqalpog’istonda tarqalgan. Chorva mollarining Avitellinozlar bilan zararlanishi va qirilishi bahor hamda kuz fasllarida ayniqsa kuchayadi. Avitellinozlar bilan zararlangan mollarda kasallik alomatlari to’satdan paydo bo’ladi. Hayvon gandiraklaydi, boshini orqaga tashlaydi, tomiri tortishadi, tishini g’ijirlatadi, ba’zan ichi ketadi. Avitellinozlar borligi shubha qilingan xo’jaliklarda hayvonlar veterinariya xodimlari ko’rsatmasiga muvofiq degelmintizasiya qilinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish