AVIATSIYA POCHTASI
AVIATSIYA POCHTASI – samolyotlarda xat, gazeta-jurnal, banderol va boshqa pochta yuklari tashuvchi aloqa tarmog’i. O’zbekistonda Aviatsiya pochtasi xalqaro havo yo’llarida xalqaro aviareyslarda, mahalliy havo yo’llarida yengil samolyotlarda tashiladi. 90-yillarning ikkinchi yarmidan O’zbekiston bilan jahondagi yirik shaharlar o’rtasida Aviatsiya pochtasi xizmati yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda 1995 yilda 1516 tonna pochta tashildi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz