AVGUSTIN ORDENI



AVGUSTIN ORDENI – gadoylik (qalandarlik) qilib yuruvchi monax (rohib)lar ordeni. Nizomi noto’g’ri ravishda avliyo Avgustin (354-430) ga doxil qilingan. Orden 1243 yilda Italiyada bir qancha qalandar rohiblar jamoasini birlashtirish va ularni Avgustin nizomiga bo’ysundirish natijasida kelib chiqqan. 15 – asr o’rtalarida 30 ming a’zosi bo’lgan. 18 – asrdan Avgustin ordenining ahamiyati yo’qola boshladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz