AVAZOV BAHROM BEKNAZAROVICH



AVAZOV BAHROM BEKNAZAROVICH (1970.3.1, G’uzor tumani) — kurash-chi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1998), “O’zbekiston iftixori” (2003). Avazov kurashning 81, 90 kilogramm va mutlaq vazn toifalarida O’zbekiston (1991— 2001), Osiyo (2001, Toshkent) va jahon (2000, Antaliya; 2001, Budapesht) chempioni. Mutlaq vazn toifasida xalqaro musobaqalar (1996, shahri-sabz; 1998; Xiva) va Alpomish o’yinlari (1998, Termiz) g’olibi. Avazov Qarshi pedagogika institutini tugatgan (1991), shu institutda katta o’qituvchi (1991— 2003), O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi Qashqadaryo viloyat filiali direktori (2003 yildan).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz