AVAR XONLIGI



AVAR XONLIGI — Dog’istondagi davlat (12-19-asrlar). Poytaxti — Xunzax. Ilk o’rta asrlardagi sarir “podsholigi” o’rnida vujudga kelgan. Ummaxon (1634 yil vafot etgan) davrida Avar xonligi yirik siyosiy birlashma bo’lgan. 18-asrda kuchli davlatga aylanib, unga Gruziya podshosi, Darband, Qubo xonlari xiroj to’lab turishgan. 1803 yil uni Rossiya bosib olgan 19-asrning 20-50-yillarida Avar xonligi hududi imomlik tarkibida bo’lgan. 1864 yil chorizm tomonidan Avar xonligi tugatilib, uning hududida Avar okrugi tashkil etilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz