AVAR TILI



AVAR TILI — Dog’istonda yashovchi avarlar tili. Kavkaz tillarining shimoliy-sharqiy guruhiga kiradi. Avar tilida gaplashuvchi avarlar 268 ming kishi. Dog’iston Respublikasida yashovchi 13 qardosh xalq ham Avar tilidan ikkinchi til sifatida foydalanadi. 15 – asrdan Arab yozuvidan foydalangan Avar tili 1927 yilda lotin, 1938 yilda kirill-rus grafikasi asosidagi yozuvga o’tgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz