AV




AV (ivritcha: אָב) - yahudiylik kalendari boʻyicha beshinchi oy, dunyo yaratilishi bo’yicha hisoblansa, 11 oy boʻlib, tahminan yoz faslining iyul-avgust oylariga toʻgʻri keladi. Av oyining dastlabki toʻqqiz kuni, ayniqsa, toʻqqizinchi kuni (tisha be-av)ni yahudiy jamoasi motam kunlari sifatida oʻtkazadilar. Avning toʻqqizinchi kuni, yahudiylarning Quddusdagi ilk ibodatxonasi miloddan avvalgi 586-yilda bobilliklar, ikkinchi marotaba rimliklar tomonidan eramizning 70-yillarida vayron qilingan. Shuning uchun, yahudiylar mazkur oyning to’qqizinchi kunini ibodat va nadomatda oʻtkazadilar. Ushbu kunda ular roʻza tutadilar, sinagogada Yahvega iltijo qilib, Yeremiyoning marsiyasi (Tanah kitobining 32-boʻlimi, Ketuvimning 6-kitobi)ni oʻqiydilar.
Av oyi kirishi bilan, kiyim-kechaklarni yuvish, yangipoyafzal kiyish (9 Av uchun maxsus tikilgan boʻlsa, bundan mustasno) kabi bir qator taʼqiqlar mavjud.



Manbalar




Adabiyotlar









uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz