AUTSAYDERLAR



AUTSAYDERLAR – 1) “begona”, “yovvoyi” deb nom olgan mustaqil kichik va o’rta korxonalar. Biror sabab bilan muayyan aniq bir tarmoqlar doirasida tashkil topadigan monopolistik birlashmalar va kelishuvlarga kirmaydi. Ko’pincha Autsayderlar yirik monopoliyalarga yordamchi pudratchi hisoblanadi; 2) birja a’zosi bo’lmagan broker. Birja savdosining ayrim qonunlariga rioya qilish majburiyatini olgan holda savdo zalida ishlashga vaqtincha biron maqsadli ruxsatnoma olishi mumkin.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz