AUTOGEN MASHQ (Yunoncha autogenes — o’zi bajaradigan), autotrening — ichki a’zolar funktsiyasi, harakat faoliyati buzilganda o’z-o’zini ishontirish va o’zo’zini boshqarish orqali shu holatdan forig’bo’lishga olib keladigan psixoterapiya (ruhiy davolash) usuli. Nemis olimi I. Shuls tomonidan taklif qilingan. Autogen mashq biror texnik moslama (xotira, diqqat trenajeri va boshqalar) yoki kishining o’z xohish irodasi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda bemorni oyoq-qo’llarini bo’sh qo’yishga, hech narsani o’ylamaslikka, faqat sog’ayib ketishga ishontirishga harakat qilinadi. Bu usul boshqa ruhiy davolash usullari bilan birga qo’shib olib borilganda yaxshi naf beradi. Asosan nev yuzlarda, ayniqsa uyqu buzilganda qo’llaniladi. Qisqa muddatli dam olish va boshqa hollarda sog’lom kishilar ham undan foydalanadilar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish